ZAMONAVIY TARBIYACHINING KOMPETENSIYALARI.
Keywords:
pedagog, kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, ijodiy kompetensiya, raqamli texnologiyalarAbstract
Bugungi kunda tarbiyachi shunchaki pedagog emas, balki insoniyatning ertangi kunini tarbiyalayotgan, qalb tarozisi bilan ishlaydigan ijtimoiy fidoyi shaxsdir. Jamiyatdagi ijtimoiy, madaniy va texnologik o‘zgarishlar fonida zamonaviy tarbiyachining kasbiy yuklamasi ortib borayotgan bir paytda, uning mehnatini to‘g‘ri qadrlash va munosib kompetensiya bilan ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda. Ushbu ilmiy ishda tarbiyachining kompetensiyasi nafaqat iqtisodiy mezonlar, balki ma’naviy, psixologik va kasbiy rivoj nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik mehnatning qadri, unga yaratilishi zarur bo‘lgan sharoitlar, jamiyat va davlatning bu boradagi mas’uliyati chuqur tahlil asosida yoritilib, mukammal tarbiya tizimini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.




