“ANDIJON VILOYATIDA QASHSHOQLIKNI KAMAYTIRISHNING INNOVATSION MODELI: 2025-YIL PREZIDENT FARMONI ASOSIDA AMALIY TAJRIBA VA XALQARO STANDARTLAR KONTEKSTIDA TAHLIL”
Keywords:
Qashshoqlikni kamaytirish, Andijon modeli, Barqaror rivojlanish maqsadlari Bandlikni rag‘batlantirish, Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, Ijtimoiy himoya tizimlari, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlariAbstract
Ushbu ilmiy maqolada 2025-yil 15-apreldagi Prezident farmoniga asosan joriy etilgan “Andijon modeli”ning qashshoqlikni kamaytirishdagi samaradorligi xalqaro rivojlanish standartlari kontekstida o‘rganilgan. Tadqiqotda modelning asosiy mexanizmlari – bandlikni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va ijtimoiy himoyani mustahkamlash tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanib, modelning Andijon viloyatidagi tajriba bosqichidagi natijalari baholanadi. Alohida e’tibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs), xususan 1-maqsad (Qashshoqlikni yo‘qotish) va 8-maqsad (Insonparvar ish o‘rinlari) bilan mosligiga qaratilgan. Xulosada modelni O‘zbekistonning boshqa hududlariga tatbiq etish va iqtisodiy sharoiti o‘xshash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun moslashtirish imkoniyatlari haqida tavsiyalar keltirilgan.




