TISH OG‘RIG‘INING ETIOLOGIYASI, KLINIK BELGILARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Keywords:
tish og‘rig‘i, karies, pulpit, parodontit, og‘riq qoldiruvchi dorilar, tish gigiyenasi, stomatologik ko‘rik, yallig‘lanishga qarshi preparatlar, tishni olib tashlashAbstract
Mazkur maqolada tish og‘rig‘i va uning sabablari, shuningdek, tish kasalliklarining oldini olish va davolash usullari yoritib berilgan. Tish og‘rig‘i inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib, u ko‘pincha isitma, yonoq va milklarning yallig‘lanishi, umumiy holsizlik bilan birga kechadi. Maqolada keng tarqalgan tish kasalliklari – karies, pulpit, parodontit va periodontitning rivojlanish sabablari, simptomlari va oqibatlari tahlil qilinadi. Ushbu kasalliklarni erta aniqlash va davolash kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Tish og‘rig‘ini vaqtinchalik bartaraf etish uchun dorivor vositalar, xalq tabobati, massaj usullari tavsiya etiladi, biroq doimiy yechim sifatida professional stomatologik yondashuv zarur hisoblanadi. Shuningdek, maqolada turli yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi dorilar — ketoprofen, ibuprofen, nimesulid va boshqalarning xususiyatlari va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerakligi haqida ma’lumot berilgan. Tish gigiyenasi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, shirin mahsulotlarni cheklash va doimiy stomatologik ko‘riklar tish kasalliklarining oldini olishda muhim omillar sifatida qayd etilgan.




