KORXONALARNING RAQOBATDOSHLIGINI TALQIN QILISHNING MAVJUD YONDASHUVLAR TAHLILI
Keywords:
Raqobatbardoshlik, Korxona raqobatdoshligi, Tashqi va ichki omillar, Raqobatdosh ustunliklar, Bozor sharoitlari, Mahsulot raqobatbardoshligi, Dinamik xususiyat, Raqobatbardoshlikni baholash, Iqtisodiy tizim raqobatdoshligi, Raqobatdoshlikni boshqarishAbstract
Korxonalarning raqobatbardoshligini tahlil qilish boʻyicha mavjud yondashuvlar ikkita asosiy guruhga boʻlinadi: birinchisi, raqobatbardoshlik korxonaning ichki xususiyati sifatida qaraladi, ikkinchisi esa tashqi muhit va bozor sharoitlari bilan bogʻliq holda shakllanadi degan nuqtai nazarni qoʻllaydi. Maqolada korxona raqobatdoshligining iqtisodiy mohiyati, uning nisbiy, dinamik va yaxlit xususiyatlari, shuningdek, mahsulot, tarmoq va milliy iqtisodiyot darajasidagi raqobatbardoshlik farqlari tahlil qilinadi. Raqobatbardoshlikni baholashda tashqi (bozor, davlat siyosati) va ichki (korxona salohiyati, resurslar) omillarni hisobga olish zarurligi taʼkidlanadi. Bundan tashqari, raqobatbardoshlikni boshqarish jarayonida uning omilli va natijaviy shakllarini integratsiyalashgan holda koʻrib chiqish taklif etiladi.




