“OSORLAR ICHIDA HAYOT: MUZEY RESTAVRATORI HAQIDA”

Authors

  • Sherboeva Sojida Xoliyor qizi Author

Keywords:

Restavrator "Museion" eksponatlar, arxeologik topilmalar, qo‘lyozmalar sun’iy intellekt, “yangilash”, mikroskoplar, rentgen apparatlari,, UV nurlari, kimyoviy tahlillar

Abstract

Muzeylar insoniyat tarixining tirik guvohlari sifatida qadimiy sivilizatsiyalar, madaniyatlar va urf-odatlarning yodgorlarini saqlovchi noyob maskanlardir. Ular nafaqat ilmiy-tarixiy bilimlarni ommaga yetkazadi, balki xalqning tarixiy xotirasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Muzeylar yuragi – eksponatlar esa o‘zida o‘tmishning beqiyos boyligini, madaniy merosini mujassamlashtirgan. Ammo bu nodir eksponatlar vaqt va tashqi omillar ta’sirida yemirilishi mumkin. Aynan shunday pallada sahnaga restavratorlar chiqadi. Ular ko‘rinmas, ammo nihoyatda mas’uliyatli va muhim vazifani bajaruvchi mutaxassislardir. Restavratorlarning fidokorona mehnati tufayli ming yillik tarix saqlanadi, eskilik iflosligidan tozalanadi, xiralashgan ranglar tiklanadi va yangi avlod uchun qayta hayot baxsh etiladi. Ularning har bir harakati diqqat va mehr bilan amalga oshiriladi. Ular sukutda ishlaydi, biroq mehnatlari orqali muzey eksponatlari yana “so‘zlay” boshlaydi. Shunday qilib, restavratorlar – tarixning jimjit posbonlari, madaniyat merosining sokin himoyachilaridir. Mazkur maqolada muzeylar faoliyatida restavratorlarning o‘rni, ularning kasbiy mahorati, zarur vosita va bilimlari hamda ushbu sohadagi dolzarb muammolar haqida fikr yuritiladi.

Author Biography

  • Sherboeva Sojida Xoliyor qizi

    “Termiz” davlat-muzey qo’riqxonasida Rassom ta‘mirlovchi

Downloads

Published

14.06.2025

Conference Proceedings Volume

Section

Статьи

How to Cite

“OSORLAR ICHIDA HAYOT: MUZEY RESTAVRATORI HAQIDA”. (2025). TA’LIM TARAQQIYOTI, 1(2), 219-223. https://ibratprint.uz/index.php/journal_talim_taraqiyoti/article/view/129

Similar Articles

1-10 of 58

You may also start an advanced similarity search for this article.