NOFILOLOG TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILIDARSLARIDA KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINIRIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
kreativ fikrlash, ingliz tili o‘qitish metodikasi, nofilolog talaba, lateral fikrlash, Bloom taksonomiyasi, CLIL, vazifaga asoslangan ta’lim, kommunikativ kompetensiyaAbstract
Maqolada nofilolog ta’lim yo‘nalishi (texnika, iqtisodiyot, tibbiyot, axborot texnologiyalari) talabalarining ingliz tili darslarida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Anglosakson metodikasidagi asosiy nazariyalar (E. de Bono lateral fikrlash, R. Sternberg uchli intellekt, Bloom taksonomiyasining yangilangan versiyasi) zamonaviy chet tili o‘qitish yondashuvlari (CLIL, PBL, TBL) bilan birgalikda qarab chiqiladi. Tadqiqot O‘zbekistonning oliy ta’lim islohotlari kontekstida amaliy mashqlar majmuasini taklif etadi: "Olti shlyapa", divergent savol, freyming, perspektiv almashtirish, tilshunoslik bo‘lmagan sohaviy holatlarni ingliz tilida hal qilish. Tavsiyalar nofilolog talabalarning ham til, ham mutaxassislik kompetensiyasini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishga qaratilgan.


