Bank tizimida kredit risklarini boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari
Keywords:
O‘zbekiston bank tizimi, stress-test, moliyaviy barqarorlik, zaxira shakllantirish, muammoli kreditlar (NPL), risklarni boshqarish, kredit risklariAbstract
Maqolada O‘zbekiston bank tizimida kredit risklarini boshqarishning nazariy asoslari, zamonaviy mexanizmlari va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Basel III va Basel IV talablariga moslashish, muammoli kreditlarni (NPL) tasniflash va zaxira shakllantirish tizimini takomillashtirish, risklarga asoslangan nazorat (risk-based supervision) va stress-test mexanizmlariga qaratilgan. 2024–2025 yillarda o‘tkazilgan Moliyaviy sektorni baholash dasturi (FSAP) natijalari asosida 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” doirasida kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish choralari ko‘rib chiqiladi. Maqola kredit risklarini samarali boshqarish orqali bank tizimining barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ochib beradi.


