TA’LIMDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONI VA YOSHLARNING UNDAGI ISHTIROKI
Keywords:
raqamlashtirish, raqamli ta’lim, yoshlar, raqamli kompetensiya, innovatsion texnologiyalarAbstract
Mazkur maqolada ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari, uning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ta’siri hamda raqamli transformatsiyada yoshlarning faol ishtiroki tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish, ta’lim resurslariga teng va ochiq kirishni ta’minlashda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda raqamli ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim, sun’iy intellekt, mobil texnologiyalar va raqamli kompetensiyalar masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlarning raqamli savodxonligi, innovatsion fikrlashi va ta’lim jarayonida ishtirok etish faolligi ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’limda raqamlashtirishning samaradorligini oshirish va yoshlarni raqamli muhitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


