XIZMATLAR BOZORIDA MARKETING STRATEGIYALARINING SAMARADORLIGI
Keywords:
xizmatlar bozori, marketing strategiyasi, raqamli marketing, xizmat sifati, CRM, mijozlar sodiqligi, bozor segmentatsiyasi, brending, marketing samaradorligi, raqobatbardoshlikAbstract
Mazkur maqolada xizmatlar bozorida marketing strategiyalarining samaradorligi, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xizmatlar sohasida marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, bozor segmentatsiyasi, raqamli marketing, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM), xizmat sifati va brend boshqaruvining korxonalar raqobatbardoshligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, xizmatlar bozorida marketing faoliyatining samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston sharoitida marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


