ELEKTRON TIJORATNING MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Keywords:
elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, elektron savdo, elektron to‘lovlar, marketplace, logistika, internet marketing, raqamli transformatsiya, iqtisodiy o‘sish, eksportAbstract
Mazkur maqolada elektron tijoratning milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi o‘rni, uning nazariy asoslari hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda elektron tijoratning ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi uchun qulay savdo muhitini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, raqamli to‘lov tizimlarini rivojlantirish va elektron savdo platformalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


