UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA INNOVATSIYALAR DIFFUZIYASINING BIZNES SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
innovatsiyalar diffuziyasi, umumiy ovqatlanish korxonalari, innovatsion faoliyat, xizmat innovatsiyalari, biznes samaradorligi, raqobatbardoshlikAbstract
Maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida innovatsiyalar diffuziyasining biznes samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Innovatsiyalarni joriy etishga ta’sir etuvchi omillar, ularning korxonalarda tarqalish mexanizmlari hamda iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Rogersning innovatsiyalar diffuziyasi nazariyasi asosida innovatsiyalarni qabul qilishning nisbiy ustunlik, moslik, murakkablik, sinovdan o‘tkazish imkoniyati va kuzatiluvchanlik kabi omillari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari innovatsiyalar diffuziyasi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va moliyaviy natijalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.


