O‘ZBEKISTON TASHQI SAVDO BALANSI TAHLILI VA UNING TARKIBINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING IQTISODIY-MATEMATIK MODELI
Keywords:
tashqi savdo balansi, eksport diversifikatsiyasi, Herfindal–Hirshman indeksi, entropiya indeksi, Balassa indeksi, ekonometrik model, optimallashtirish, O'zbekistonAbstract
Maqolada O'zbekiston tashqi savdo balansining shakllanishi va tarkibiy o'zgarishlari ekonometrik hamda iqtisodiy-matematik usullar yordamida tadqiq etiladi. Eksport tovar va geografik tarkibidagi jamlanish darajasi normallashtirilgan Herfindal–Hirshman indeksi va entropiya (Theyl) indeksi orqali baholanadi, oshkor qiyosiy ustunlik (Balassa) indeksi yordamida diversifikatsiyaning istiqbolli yo'nalishlari aniqlanadi. Tashqi savdo balansiga ta'sir etuvchi omillar ko'p omilli regression model asosida miqdoriy baholanadi. Tahlil natijalari O'zbekiston eksportining xomashyoga va cheklangan sondagi bozorlarga yuqori bog'liqligini ko'rsatadi. Ishda tashqi savdo tarkibini maqbullashtirish bo'yicha optimallashtirish masalasi taklif etilib, eksportni diversifikatsiyalash orqali balans barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.


