XUDOYORXON O‘RDASI XIX ASR MARKAZIY OSIYO ME’MORCHILIGINING YUKSAK NAMUNASI SIFATIDA
Keywords:
Xudoyorxon o‘rdasi, Qo‘qon xonligi, Markaziy Osiyo me’morchiligi, saroy, me’morchiligi, koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi, tarixiy yodgorlik, me’moriy bezakAbstract
Ushbu maqolada Xudoyorxon o‘rdasining XIX asr Markaziy Osiyo me’morchiligi taraqqiyotidagi o‘rni kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida saroyning qurilish tarixi, me’moriy-rejaviy yechimlari, bezak san’ati hamda funksional tuzilishi ilmiy asosda o‘rganiladi. Mazkur inshoot Qo‘qon xonligi davrida nafaqat hukmdor qarorgohi, balki davlat boshqaruvi, diplomatik aloqalar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning muhim markazi sifatida xizmat qilganligi yoritiladi. Shuningdek, saroyning bezak elementlarida aks etgan an’anaviy Sharq me’morchiligi uslublari, jumladan koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi va naqsh san’atining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Xudoyorxon o‘rdasining nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo madaniy merosidagi muhim o‘rnini ochib beradi.


