ILMIY TADQIQOT SAVOLLARINI KONSTRUKTIV SHAKLLANTIRISH: BO‘LAJAK EFL O‘QITUVCHILARI UCHUN METODOLOGIK YONDASHUV
Keywords:
tadqiqot savollari, FINER mezoni, PICO tizimi, metodologik yondashuv, EFL o'qituvchilari, ilmiy savodxonlik, tadqiqot dizayniAbstract
Mazkur maqola bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida ilmiy tadqiqot savollarini konstruktiv shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishga bag'ishlangan. Tadqiqot savollarini to'g'ri tuzish ilmiy ishning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil sifatida e'tirof etiladi. Maqolada FINER va PICO mezonlari, tadqiqot savollarining turlari hamda ularni shakllantirish metodologiyasi tahlil qilinadi. Sifatli tadqiqot savolini yaratishda xato yo'l qo'yishning oldini olish maqsadida amaliy ko'rsatmalar va ekspert qarashlari taqdim etiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, metodologik yondashuvlar asosida shakllantirilgan tadqiqot savollari ilmiy ishning sifatini sezilarli darajada oshiradi va kelajakdagi o'qituvchilarning ilmiy savodxonligini mustahkamlaydi.


