TALABALARDA TOLERANTLIK VA EMPATIYANIRIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TILNINGO’RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Tolerantlik, empatiya, madaniyatlararo muloqot, kommunikativ yondashuv, ijtimoiy ko‘nikmalar, madaniy xilma-xillik, global ta’lim, shaxsiy rivojlanishAbstract
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o’rganish nafaqat muloqot vositasi, balki turli madaniyat va qarashlarni anglashga xizmat qiluvchi muhim omil bo’lib, talabalarda lingvistik bilimlar, qadriyatlar va dunyoqarashlar bilan tanishtirish orqali ularni bag’rikengligini oshiradi. Ayniqsa, kommnikativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslar talabalarning o’zaro muloqot qilish, boshqalarni tinglash va tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu jarayonda empatiya shakillanib, talabalar boshqa insonlarning his-tuyg’ularini anglashga o’rganadi. Qolaversa, autentik materiallar, ijtimoiy tarmoqlar va interaktiv metodlardan foydalanish talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini oshiradi. Shungingdek, mazkur maqolada talabalarda tolerantlik va empatiya kabi muhim ijtimoiy-psixologik ko’nikmalarni rivojlantirishda xorijiy tilning o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi.


