INFRATUZILMANI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIYSHERIKLIKNING INNOVATSION MODELLARI:O'ZBEKISTON UCHUN STRATEGIK YO'NALISHLAR
Keywords:
innovatsion DXSh modellari, 4P modeli, yashil DXSh, raqamli infratuzilma, strategik yo'nalishlar, moliyaviy innovatsiyalar, O'zbekistonAbstract
Ushbu maqolada yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) ning innovatsion modellari va O'zbekiston uchun strategik yo'nalishlar tahlil qilingan. Klassik DXSh modellaridan farqli o'laroq, raqamli infratuzilma, yashil energetika va ijtimoiy infratuzilma sohalarida qo'llaniladigan zamonaviy DXSh modifikatsiyalari — "4P" (People-Public-Private Partnership), "yashil DXSh" va "raqamli DXSh" — o'rganilgan. Xalqaro moliyaviy institutlar, xususan ADB, EBRD va IFC tajribasiga tayanib, O'zbekiston uchun amaliy strategik yo'nalishlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari DXSh ni kengroq va samaraliroq qo'llash uchun yangi institutsional va moliyaviy yechimlar taklif etadi.


