DAVLAT XARIDLARI JARAYONINING SHAFFOFLIGINI TA'MINLASH MEXANIZMLARI
Keywords:
davlat xaridlari, shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash, elektron davlat xaridlari, ochiq tender, monitoring, fuqarolik nazorati, iqtisodiy samaradorlik, davlat byudjetiAbstract
Maqolada davlat xaridlari jarayonining shaffofligini ta'minlash mexanizmlari tahlil qilingan va O'zbekiston amaliyoti uchun takomillashtirish yo'llari taklif etilgan. Davlat xaridlari - bu davlat byudjeti mablag'lari hisobidan tovar, xizmat va ishlarni sotib olish jarayoni bo'lib, davlat mablag'laridan samarali foydalanish va korrupsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda davlat xaridlarining nazariy asoslari, shaffoflik tamoyillari va ularni ta'minlash mexanizmlari chuqur o'rganilgan. Xalqaro tajriba tahlili (AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Gruziya, Estoniya) asosida davlat xaridlarini elektron platformalarga o'tkazish, ochiq ma'lumotlar bazasini yaratish, fuqarolik nazoratini rivojlantirish va korrupsiya xavfini baholash tizimlarini joriy etish zaruriyati asoslanган. O'zbekistondagi davlat xaridlari tizimining hozirgi holati tahlil qilinib, asosiy muammolar aniqlangan va ularni bartaraf etish bo'yicha konkret tavsiyalar ishlab chiqilgan


