YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH: GLOBAL TENDENSIYALAR VA IQTISODIY TARMOQLARGA TA'SIRI
Keywords:
yashil investitsiyalar, uglerod neytral iqtisodiyot, iqlim o'zgarishi, ekologik innovatsiyalar, qayta tiklanadigan energiya, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyotAbstract
Maqolada yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish kontseptsiyalarining zamonaviy global tendentsiyalari hamda ularning turli iqtisodiy tarmoqlarga ta'siri tahlil qilingan. Yashil iqtisodiyot – bu tabiiy resurslarni tejamkor va samarali ishlatish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy adolatni ta'minlash orqali barqaror rivojlanishga erishishni maqsad qilgan iqtisodiy tizim hisoblanadi. Tadqiqotda global yashil iqtisodiyot bozorining hajmi, qayta tiklanadigan energiya manbalarining rivojlanishi, yashil texnologiyalar va innovatsiyalar, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi yutuqlar hamda muammolar ko'rib chiqilgan. Metodologiya sifatida taqqoslama tahlil, statistik ma'lumotlar tahlili va tizimli yondashuv qo'llanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, yashil iqtisodiyotga o'tish jarayoni ko'plab mamlakatlar uchun muhim ustuvorlikka aylangan bo'lib, bu jarayon energetika, qishloq xo'jaligi, sanoat va transport kabi tarmoqlarda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Tadqiqot xulosalarida yashil iqtisodiyot rivojini tezlashtirish uchun zarur bo'lgan davlat siyosati choralari, xalqaro hamkorlik mexanizmlari va investitsiya imkoniyatlari bo'yicha tavsiyalar berilgan.


