“YASHIL” MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDAGI ASOSIY TO‘SIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Keywords:
moliyaviy instrumentlar, institutsional to‘siqlar, ekologik risklar, barqaror rivojlanish, yashil moliyalashtirishAbstract
Mazkur maqolada “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy institutsional, moliyaviy va tashkiliy to‘siqlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining bank sektori va investitsiya jarayonlarida qo‘llanilishidagi mavjud cheklovlar, xususan, normativ-huquqiy bazaning yetarli darajada shakllanmaganligi, ekologik risklarni baholash bo‘yicha yagona metodologiyaning mavjud emasligi hamda moliya institutlarida malakali kadrlar tanqisligi aniqlanadi va shuningdek, yashil moliyalashtirish instrumentlarining cheklanganligi va kapital bozori mexanizmlarining sust rivojlanishi ushbu tizimning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani asoslab beriladi. Olingan natijalar asosida aniqlangan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish, moliyaviy instrumentlarni diversifikatsiya qilish va institutsional salohiyatni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilib, tadqiqot natijalari yashil moliyalashtirish tizimini barqaror rivojlantirish va uni milliy iqtisodiyotga samarali integratsiya qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.


