ISLOM BANKLARINING PUL-KREDIT SIYOSATI
Keywords:
iqtisodiy barqarorlik, sukuk, murabaha, mudaraba, mushoraka, markaziy bank, foizsiz moliyalashtirish, islomiy moliya, pul-kredit siyosati, Islom bankiAbstract
Mazkur ilmiy maqolada islom banklarining pul-kredit siyosati tushunchasi, uning shakllanishining nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari keng qamrovli ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida islomiy moliya tizimida pul-kredit siyosatining tutgan o‘rni, foiz (ribo) taqiqlanishi asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish usullari, markaziy banklar bilan o‘zaro aloqalar hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati batafsil yoritib beriladi. Shuningdek, islom banklari tomonidan qo‘llaniladigan pul-kredit instrumentlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning real sektor rivojiga ta’siri va zamonaviy moliyaviy tizim bilan uyg‘unlashish imkoniyatlari ilmiy asosda baholanadi. Olingan ilmiy natijalar islom banklarining pul-kredit siyosati an’anaviy bank tizimiga muqobil bo‘lib, iqtisodiy adolat va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali moliyaviy mexanizm ekanini ko‘rsatadi.


