“YASHIL” MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
moliyaviy instrumentlar, ekologik iqtisodiyot, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish, yashil moliyalashtirisAbstract
Mazkur maqolada “yashil” moliyalashtirish tizimini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Unda yashil moliyalashtirish tushunchasining mazmun-mohiyati, uning barqaror iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ekologik muammolarni kamaytirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, yashil moliyaviy instrumentlarning asosiy turlari, jumladan, yashil obligatsiyalar, kreditlar va investitsiyalar mexanizmi ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro tajriba tahlili asosida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yashil moliyalashtirish tizimining shakllanish jarayonlari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ushbu tizimni rivojlantirishning istiqbollari va muammolari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari yashil moliyalashtirishni joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.


