RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA QADRIYATLAR INQIROZI VA ULARNI BARTARAF ETISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
raqamli ta’lim, qadriyatlar inqirozi, pedagogik mexanizmlar, ma’naviy tarbiya, raqamli madaniyat, tanqidiy fikrlashAbstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida yuzaga kelayotgan axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlar inqirozining sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishi bilan birga, o‘quvchi va talabalarning shaxsiy, madaniy hamda milliy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli ta’lim sharoitida qadriyatlar tizimini mustahkamlashga qaratilgan pedagogik mexanizmlar, jumladan, tarbiyaviy yondashuvlar, raqamli madaniyatni shakllantirish, tanqidiy fikrlash va ma’naviy immunitetni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqola natijalari ta’lim jarayonida ma’naviy barqarorlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.


