“ATOM ODATLAR” KITOBINI INGLIZCHA VA O‘ZBEKCHA O‘QIB CHIQQANIMDAN KEYINGI TAASSUROTLARIM
Keywords:
Atomic Habits, kichik odatlar, shaxsiy rivojlanish, Zed avlod (Gen Z), motivatsiya, o‘zini rivojlantirish, odatlarni shakllantirish, tarjima asarlari, tarjimaning ahamiyati, ingliz va o‘zbek tillari, tarjimashunoslik, tilshunoslik, o‘quvchi fikrlashi, madaniy transferAbstract
James Clear tomonidan yozilgan “Atomic Habits” (“Atom odatlar”) asarini ingliz tilidagi asl nusxada va o‘zbek tiliga tarjima qilingan variantda o‘qib chiqqanimdan so‘ng shakllangan shaxsiy fikr va xulosalarimni bayon qilmoqchiman. Asarda ilgari surilgan asosiy g‘oya – katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun doimo yirik va keskin harakatlar talab etilmasligi, aksincha, kundalik hayotda izchil amalga oshiriladigan kichik “yaxshilanish”lar vaqt o‘tishi bilan sezilarli natijalarga olib kelishini o‘rgandim. Bu yondashuv hozirgi yoshlar, xususan, Zed avlod vakillarining tezkor, lekin barqaror natijani istovchi fikrlash tarziga mos keladi, deb hisoblayman.
Maqolada bunday motivatsion va psixologik asarlarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi katta ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqchiman. Chunki ona tilida o‘qilgan asar yoshlarning ongiga tezroq singadi, hayotiy tajriba bilan uyg‘unlashadi va yaxshi odatlarni shakllantirish jarayonini osonlashtiradi. Shu bilan birga, inglizcha va o‘zbekcha variantlarni taqqoslab o‘qish jarayoni menda tarjima jarayonidagi semantik moslik, terminologik aniqlik va uslubiy yechimlarga qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur tajriba natijasida menda tarjimashunoslik va tilshunoslik sohalariga nisbatan chuqur qiziqish shakllandi, chunki asarning bir tildan ikkinchi tilga o‘girilishi nafaqat so‘zlarni, balki muallif g‘oyasi, madaniy kontekst va fikrlash tizimini ham yetkazish mas’uliyatini talab qilishini angladim.


